Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Moʻynoqqa uchib keldi

Birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Moʻynoqqa uchib keldi

Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurgan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev dastlab Moʻynoq tumaniga keldi. Yangidan barpo etilgan Moʻynoq aeroporti bilan tanishdi. Hududi 167 gektarli kompleksda zarur qulayliklarga ega aerovokzal, uzunligi 2 300 metr, kengligi 60 metr uchish-qoʻnish yoʻlagi va uchish-qoʻnish yoʻlagiga oʻtish yoʻlagi, 3 dona havo kemalariga moʻljallangan turargoh hamda uzunligi 12 km boʻlgan aeroport hududini qoʻriqlash nazorat oʻtish yoʻlagi qurilishi belgilangan. Loyihaning umumiy qiymati 100 mlrd soʻm va ayni paytda qiymati 78 mlrd soʻmlik ishlar bajarilgan. Obyektda 50 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan terminal qurish ishlari bajarilib, obyektning fasadi va tom qismi toʻliq bitkazilgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!