Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Bitiruvchi kurs talabalarining “Bitiruv oldi amaliyoti”ni sifatli tashkil etish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

Bitiruvchi kurs talabalarining “Bitiruv oldi amaliyoti”ni sifatli tashkil etish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A. Babayev, marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i M. Haydarov hamda “Temir yo’l muhandisligi” kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan bitiruvchi kurs talabalarining “Bitiruv oldi amaliyoti”ni sifatli tashkil etish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. Qurilish muhandisligi fakulteti bo’yicha jami 355 nafar bitiruvchi kurs talabalari 14 haftalik bitiruv oldi amaliyotiga jalb etilmoqda. Amaliyotni talabalar “Boshtransloyiha” AJ, Toshtemiryo‘lloyiha MChJ, “O’ztemiryo’lqurilishmontaj” UK, Toshkent temir yo’l masofasi, “O’zsuvta’minoti” AJ hududiy bo’limlari, “Ko‘prik qurilish” tresti, Temir yo’l monitoringi va diagnostika markazi, “EVRO INTEGRAL STORY”
MCHJ, “14-son Rels payvandlash poyezdi” UK, 203-Tajriba yo’l mashina stansiyasi, Durable Management group MChJ, “O’zkomunalloyihaqurilish” DUK kabi 10 dan ortiq ishlab chiqarish va sohaga oid boshqa korxonalarda amaliyotni o’tash ko’zda tutilgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!