OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Biz chekishga qarshimiz!

Biz chekishga qarshimiz!

O’zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining “56-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste`mol qilish

-Ish joylarida, sog’liqni saqlash, ta`lim, sport-sog’lomlashtirish muassasalarida, yong’in chiqish xavfi bo’lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg’I quyish shahobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno,

Eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo’ladi”

Respublikamizning barcha hududlaridagi kabi Toshkent davlat transport universitetida ham ushbu qonunga amal qilish nazorati shakllantirilgan. Bundan tashqari sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish tamaki mahsulotlarini iste]molini kamaytirish maqsadida trg’ibot tashviqot ishlari muntazam ravishda olib boriladi.

Tamaki mahsulotining zararlari haqidagi ma’lumotlar doimiy tarzda turli xildagi seminar treninglar davomida talaba yoshlar, ishchi xodimlarga yetkazib borilishi, har o’quv yilida o’tkaziladigan “Biz chekishga qarshimiz!” shiori ostidagi yugurish marafonlari kabi bir qator targ’ibot tashviqot ishlari tamaki mahsulotlarining iste’molini kamayishiga turtki bo’lmoqda.

Shunday bo’lishiga qaramay chekuvchi talaba, ishchi xodimlar uchun chekish joylari tashkillashtirilgan.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram