OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Biz sportsevar oilamiz” oilaviy sport musobaqasi bo’lib o’tdi

Biz sportsevar oilamiz” oilaviy sport musobaqasi bo’lib o’tdi

Toshkent davlat transport universitetida 8-dekabr Konstitutsiya qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Biz sportsevar oilamiz” oilaviy sport musobaqalari o’tkazildi. Tadbirda universitetda mehnat faoliyatini olib borayotgan professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar oilasidan tashkil topgan oltita oilaviy jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa shartlariga ko’ra sport tadbiri ishtirokchilari basketbol savatiga to’pni tushirish, keglilarni koptok bilan urib yiqitish, to’siqlar orasidan koptokni olib o’tish, arqonda sakrash, jamoaviy tarzda arqon tortish bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa shartlarini bajarish bo’yicha hakamlar tomonidan qo’yilgan ballarga ko’ra musobaqada

  • 1-o’rin Eshqobilovlar oilasiga.
  • 2-o’rin Xamidovlar oilasiga.
  • 3-o’rin Aliyevlar oilasiga nasib etdi.

Musobaqa g’oliblariga va ishtirokchilariga kasaba uyushma qo’mitasining esdalik sovg’alari topshirildi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram