Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Bizni mushtarak tarix va kelajak bog’lamoqda…

Bizni mushtarak tarix va kelajak bog’lamoqda…

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o’tgan yil yakunida Sergeli tumani Qipchoq ko’chasida barpo qilingan ko’prikni ko’zdan kechirish mobaynida Turkiyaning “Kalyon” kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkentdagi avtomobilь yo’llarini rekonstruktsiya qilish, transport va yo’lovchilar harakatlanishida qulayliklarni kuchaytirish bo’yicha loyihalar muhokama qilingan edi. Shu yilning 25 iyunida ham davlatimiz rahbari ushbu ko’prikdan Cho’ponota ko’chasigacha yangi yo’l va yo’l o’tkazgichlar qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdi. “Bu arzon, mustahkam, xalqimizga ham ma’qul texnologiya. Kelajakni hisobga olib, hali ko’p joyda ko’priklar quramiz. Shuning uchun mutaxassislar va talabalarni bu yerga olib kelib, jarayonni ko’rsatish, zamonaviy texnologiyalarni o’rgatish kerak”, – deya ta’kidladi Prezident. Soha mutaxassislari uchun vazifa aniq, maqsad bir edi. Oradan ko’p o’tmadi. Ushbu topshiriq amalda o’z aksini topishi yo’lida ulkan qadam tashlandi…
Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmanov hamda xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Bahodir To’rayevlardan iborat delegatsiya 28 iyulь-5 avgust kunlari amaliy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo’lib qaytishdi. Xizmat safari qisqa davrni qamrab olgan bo’lsa-da, u mohiyati jihatidan noyob mazmun kasb etdi.
Xususan, tashrif davomida delegatsiya Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalari – “Metag Holding”, “Etap Rom Construct & Consulting”, “Argup”lar bilan qator uchrashuvlarni o’tkazdi va kelishuvlarga erishildi. Yaqqol misol tariqasida ta’kidlash mumkinki, ayni damda universitet va “Metag Inşaat Ticaret A. Ş.” tashkiloti o’rtasida o’zaro hamkorlik shartnomasini tayyorlash jarayonlari qizg’in kechmoqda.
Ma’lumot o’rnida aytish lozim, Anqaraning “Metag Construction Trade Co. Inc” tashkiloti yarim asrdan ziyod tarixga ega. So’nggi yillarda kompaniya ENRning “Eng sara 250ta xalqaro pudratchilar ro’yxati” hamda FORTUNE 500talikda turibdi. O’z o’rnida, Engineering News-Record chet el pudrat xizmatlaridan tushgan daromad bo’yicha dunyoning eng sara quruvchilar ro’yxatini tuzsa, FORTUNE 500 tushum miqdori mezoni asosida dunyoning eng yirik 500ta kompaniyasi reytingini shakllantiradi. Kompaniyaning 30dan ziyod hamkorlari, 300dan ortiq bajarilgan loyihalari mavjud.
Rumыniyaning “Etap Rom Construct & Consulting” kompaniyasi qurilish olamida 15 yillik tajribaga ega. Uning bosh maqsadi mijozlarning qiziqish va talablarini to’laqonli bajarishdan iborat. Ayni damda u Rumыniya, Turkiya hamda Polьsha mamlakatlari hududida o’z faoliyatini olib bormoqda.
1986-yildan tashkil topgan “Argup” kompaniyasi xalqaro standartlardan kelib chiqib ekologik menejment Tizimini joriy qilgan. Aniqroq tavsif bersak, tashkilot har bir loyiha ijrosida atrof-muhitning ifloslanish va zararlanish ta’sirini kamaytirish uchun zarur usullarni joriy qilgan.
Bu intilishlarning barchasi yaqin kelajakda milliy texnoparklarimizga Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bir qatorda Turkiyaning yetakchi inshoot, yo’l qurilishi kompaniyalari vakillarining keng miqyosda kirib kelishi, ta’lim tizimida dual tizimning faollashishini ta’minlashi shubhasiz.
Delegatsiya Turkiyaning Istanbul, Anqara, Izmir kabi shaharlarida joylashgan oltita kuchli oliy ta’lim muassasalari: Istanbul universiteti, Istanbul texnika universiteti, Mimar Sinan nomidagi Go’zal san’atlar universiteti, Atilim universiteti, Yildiz texnika universiteti hamda Ege universitetlarida hamda Izmir shahrining Vali yordamchisi (viloyat hokimining o’rinbosari) bilan o’z ishini davom ettirdi.
Muzokaralar nimalarga zamin yaratadi? OTMlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ikkala tomonlar ham qo’shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, qo’shma ta’lim, oliy toifadagi mutaxassislar bilan almashinuv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishga ulkan qiziqish bildirishdi. Shu qatorda, professor-o’qituvchilarni uzoq muddatli stajirovkalarga yuborish, Erasmus dasturi orqali almashinuvlarni tashkil qilish masalalari ham ko’rib chiqildi.
Uchrashuvlar ahamiyati va ko’lamini baholash maqsadida, yuqorida nomi keltirilgan OTM borasida qisqacha ma’lumot bersak.
Istanbul universiteti juda qadimiy oliy ta’lim muassasalaridan biri bo’lib, uning tarixi 1453 yillarga borib taqaladi. Universitet xalqaro reytinglarga ko’ra dunyonig eng sara OTMlarning 5%ga kiradi.
Istanbul texnika universiteti sal kam 250 yillik tarixga ega. Ushbu OTM 40 mingdan ziyod talabalarga muhandislik, arxitektura, dizayn, iqtisod, musiqa va san’at yo’nalishlari bo’yicha ta’lim beradi va xalqaro reytinglar TOP-500 taligidan o’rin egallagan.
Mimar Sinan nomidagi Go’zal san’atlar universiteti maktab sifatida 1928 yili tashkil topgan, 1982 yil esa universitet maqomini olgan. U me’morchilik, san’at va madaniyat bo’yicha mutaxassislarni yetishtirib beruvchi yetuk OTM hisoblanadi.
Atilim universiteti Times Higher Education (THE) jahon universitetlari reytingi bo’yicha turk universitetlari orasida 4-o’rinda turadi. OTM muhandislik, huquq, menejment, tasviriy san’at, dizayn va arxitektura, san’at va fanlar, sog’liqni saqlash, fuqaro aviatsiyasi sohalarida ta’lim beradi.
Yildiz texnika universiteti Turkiyaning eng yaxshi universitetlaridan biri hisoblanadi. 11ta yo’nalish bo’yicha o’z ta’lim xizmatlarini taklif etadi. Shular qatorida, elektrika va elektronika, dengiz arxitekturasi va injeneriyasi, iqtisodiyot va boshqaruv, qurilish muhandisligi, mashinasozlik, arxitektura va boshqalar.
Ege universiteti mamlakatdagi birinchi to’liq akkreditatsiyadan o’tgan universitetdir. Kuchli ilmiy infratuzilmaga ega: ko’plab ilmiy-amaliy markazlar, 800ga yaqin laboratoriyalari faoliyat yuritadi.
Uchrashuvlar yakunida Atilim universiteti bilan O’zaro kelishuv va tushunish memorandumi imzolangan bo’lsa, Ege universiteti bilan joriy yilning kuz mavsumida ulkan doiradagi Xalqaro forum o’tkazilishi borasida kelishib olindi. Qolaversa, yaqin kelajakda muzokaralar olib borilgan oliy ta’lim muassasalari o’rtasida injeneriya, mexatronika, robototexnika kabi sohalarda hamkorlik hamda turli doiradagi, xususan ilmiy, o’quv, uslubiy ta’minot va akademik almashinuvlar yo’lga qo’yilishi borasida kelishuvlarga ham erishildi.