Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

BMTning vakili universitetga tashrif buyurdi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining vakili universitetga tashrif buyurdi

Joriy yilning 13-may kuni universitetimizga rasmiy tashrif bilan BMTning barqaror transport loyihalarni amalga oshirish bo’yicha mintaqaviy maslahatchisi Nenad Nikolic tashrif buyurdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor S.S. Shaumarov va Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti dekani A. Urakov BMTning barqaror transport loyihalarni amalga oshirish bo’yicha mintaqaviy maslahatchisi Nenad Nikolic bilan yo‘llarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya muddatini uzaytirish hamda yo‘llarda harakat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi. Shuningdek, suhbat davomida yo‘llarni uzoq muddat ekspluatatsiya qilish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish va raqamlashtirilgan yo‘l platformasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar amalga oshirildi. Shu bilan bir qatorda, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mavjud me’yoriy hujjatlar rivojlangan mamlakatlar standartlari asosida qayta ishlab chiqilayotgani ham keltirib o‘tildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!