Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Bugun, 28 sentabr kuni Qurilish muhandisligi fakulteti dekani Asqar Babayev “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi direktor o‘rinbosari Elyor Rizayev bilan uchrashdi.

Bugun, 28 sentabr kuni Qurilish muhandisligi fakulteti dekani Asqar Babayev “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi direktor o‘rinbosari Elyor Rizayev bilan uchrashdi.

Suhbat jarayonida “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi qurilish ob’ektlarida talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti va stajirovkalarni tashkil etish, Transport universiteti huzuridagi «Novator Engineers Organization of TsTU» ilmiy-tadqiqot va loyiha markazi bilan integratsiyani ta’minlash masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Kelishuvga ko‘ra talabalarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasining ishlab chiqarish ob’ektlarida o‘tashga kelishib olindi.
«Novator Engineers Organization of TsTU» markazi va “O‘zshaharqurilishinvest” injiniring kompaniyasi o‘rtasida keng qamrovli va tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish belgilandi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram