Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Bugun Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportining mahalliy terminalida O’zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni va

Bugun Islom Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportining mahalliy terminalida O’zbekiston Respublikasi Havo Floti kuni va «Uzbekistan Airports» AJ tashkil etilganligining ikki yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Transport prokuraturasi, «Uzbekistan Airports» AJ, «Uzbekistan Airways» AJ, «O’zaeronavigatsiya» Markazi DUK, «O’zaviatsiya» agentligi rahbariyati va hududiy aeroportlardan tashrif buyurgan vakillar ishtirok etishdi.

Avgust oyining uchinchi yakshanbasi O’zbekiston Respublikasi Havo floti kuni. Ushbu sanani yurtimiz aviatsiya sohasining barcha tizimlarida faoliyat yuritayotgan minglab yurtdoshlarimiz o’zining professional kasb bayrami sifatida keng nishonlashadi.

Tadbirda ishtirok etgan Transport vaziri o’rinbosari A.Mo’minov vazirlik rahbariyati nomidan mamlakatimiz aviatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarni qo’shaloq bayram bilan muborakbod etdi. Yurtimiz aviatsiya sohasini isloh qilish doirasida tashkil etilgan «Uzbekistan Airports» AJ mehnat jamoasiga esa hukumatimiz tomonidan qo’yilgan vazifalarni munosib tarzda ado etish yo’lida kuch-quvvat va muvaffaqiyat tiladi.

Bayram munosabati bilan «Uzbekistan Airports» AJ rahbariyati tomonidan hududiy aeroportlarda samarali mehnat qilayotgan bir qator xodimlar faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

 

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati