Unda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplans nazorat” bo‘limi bosh mutaxassisi S. Berdiyev, fakultet dekani A. Risqulov, dekan o‘rinbosarlari L. Vildanova, M. Alimov hamda talabalar qatnashdilar.
Seminarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni mazmun-mohiyati talabalarga yetkazildi. Tadbir davomida fakultet talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ma’ruzachiga murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi.