Mintaqaviy o’zaro bog’liqlikni kuchaytirish tashabbusi O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi ochiq tashqi siyosiy strategiyasi doirasida ilgari surildi.
Ushbu g’oya Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish orqali mintaqamiz bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-tsivilizatsion yo’nalishlarda tarixan chambarchas bog’liq bo’lgan hudud — Janubiy Osiyoga chiqishni nazarda tutadi.
Oliy darajadagi mazkur konferentsiya transport-logistika, energetika, savdo, ishlab chiqarish, investitsiya, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda “Markaziy Osiyo – Janubiy Osiyo” formatidagi o’zaro manfaatli strategik aloqa modelini ko’p tomonlama muhokama qilish uchun siyosiy va ekspertlar maydonini shakllantirishga mo’ljallangan.
P.S. Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan tashqi olamga tashlangan yangicha nazar O’zbekistonni yirik muammolar yechimida oddiy kuzatuvchi davlatdan faol ishtirokchi, tashabbuskor mamlakatlar qatoriga olib chiqib ulgurdi.