Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Buyuk ajdodimiz Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Buyuk ajdodimiz Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Yoshlar ongida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lishga intilish tuyg‘usini kuchaytirish va shu bilan birga vatanparvar avlodni kamolga yetkazish maqsadida joriy yilning 8 aprel kuni Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahar Mirobod TXTMFMTTEBga qarashli 294-sonli IDU maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Biz Temur avlodimiz” mavzusida buyuk ajdodimiz Amir Temur tavalludining 686 yilligiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda universitetning Avtomobil yo’llari muhandisligi fakulteti dekan o’rinbosari R.X.Jumaniyozova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.d., dotsent R.Sh.Umarova hamda “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi assistenti F.J.Saydametovalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ulug‘ bobomiz Amir Temur shaxsiyati, davlat boshqaruvida siyosiy faoliyati, bunyodkorlik, ilm-fan, madaniyat borasidagi ishlari e’tirof etildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!