OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Buyuk Britaniya oliygohlariga imtihonlarsiz kirish imkoniyati paydo bo’ldi!

Buyuk Britaniya oliygohlariga imtihonlarsiz kirish imkoniyati paydo bo’ldi!

“Brooke House College” hamda Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) bilan hamkorlikda “University Foundation Programme” (UFP) dasturi ishga tushdi.

Mazkur dastur doirasida talabgorlar boshlang’ich ta’limni O’zbekistonda olib, keyingi ta’limni Buyuk Britaniya oliygohlarida davom ettirishi mumkin.

Dastur doirasida barcha kurslar
Buyuk Britaniya standartlari asosida, to’liq ingliz tilida olib boriladi.

Bu dastur Britaniya universitetlari bakalavriat boshlang’ich asoslariga intensiv tayyorgarlik hisoblanadi. Talabani o’quv jarayoniga moslashtirgan holda, akademik muhitga qo’shilish va keyinchalik oliy o’quv yurtlariga qabul qilish uchun to’g’ri yo’nalishni tanlash imkonini beradi.

Bundan tashqari, tayyorgarlik ingliz tilini rivojlantirish va mavzularni batafsil o’rganish uchun qulay imkoniyat hamdir.

Dastur tarkibida O’zbekistonda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ta’lim olgan bitiruvchilar, Buyuk Britaniya universitetlarida imtihonlarsiz talabalikka qabul qilinadi.

Yo’nalishlar:

  • Biznes va moliya
  • Kommunikatsiya va media
  • Dasturda ta’lim olgan talabalar tanqidiy fikrlash, akademik yozish, ilmiy tadqiqot va mukammal ingliz tili ko’nikmalarga ega bo’lishlari mumkin.

Talabgorlar:

  • 16-19 yosh;
  • umumiy 5,5 ball IELTS sertifikatiga ega bo’lishlari talab etiladi.
  • o’rta maktab bitiruv diplomi.

Agarda IELTS sertifikati mavjud bo’lmasa, talabgor kamida Intermediate darajada bo’lishi shart!

Dasturga talabgorlarni qabul qilish tartibi:

  • – onlayn intervyu tarzida;
  • – nomzodlarning fundamental bilimlari va motivatsiyasi baholanadi.

Qabul 2022 yil 15 yanvargacha qadar davom etadi.

Dastur so’ngida

“Brooke House College” va UFP sertifikati taqdim etiladi.
Talabalar xalqaro darajada bilimga ega bo’ladilar.

Dastur bo’yicha darslar 2022 yil yanvar oyidan 2022 yil iyun oyiga qadar davom etadi.

Dastur bo’yicha to’lov:
28 million so’mni tashkil etadi.
TDTU o’quvchilari uchun chegirmalar mavjud!
To’lovni oylarga bo’lib to’lash imkoniyati mavjud.

Imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Biz bilan bog’laning.

(98) 124-17-97 / (99) 848-02-99
(99) 067-98-39 / (99) 806-41-99
Bhc-ers-education@inbox.ru

Telegram.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!