Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchisi universitetga tashrif buyurdi

Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchisi universitetga tashrif buyurdi

 

Toshkent davlat transport universitetiga Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tim Torlot tashrif buyurdi.

Nufuzli mehmonni kutib olgan universitet prorektori A.Gulamov universitetning maqsad va vazifalari, o’z oldiga qo’ygan strategik missiyasi, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib berdi. Universitet va Buyuk Britaniya ta’lim tizimi o’rtasida mustahkam va foydali aloqalarni yo’lga qo’yish, xalqaro loyihalarda hamkorlik qilish xususida fikr almashdilar.

Mr.Tim Torlot Transport universitetida xalqaro loyiha asosida tashkil etilgan “Brooke House College footboll Academy” futbol akademiyasi yoshlari bilan uchrashdi. Ta’til – jismoniy chiniqish davri va o’zi ham talabalikda futbol bilan muntazam shug’ullanganligini xikoya qilib berdi.