OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Coworking – yangi imkoniyatlar eshigi

Coworking – yangi imkoniyatlar eshigi

2020-yil 30-iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari, Toshkent Davlat transport universiteti Vasiylik kengashi raisi A.J.Ramatov ishtirokida Toshkent Davlat transport universiteti Vasiylik Kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Transport vaziri I.Maxkamov ta’lim sifatini oshirishga tasir qiladigan hamda talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun Universitet hududida Street Workout maydonchalari, Coworking markazlari, ilmiy-texnikaviy kutubxonalar hamda Book café, media va ovoz yozish studiyalarini tashkil etishni taklif etdi. Ushbu yig’ilish bayonotiga muvofiq universitet o’qituvchi-professorlari hamda talabalariga munosib shart-sharoit yaratish, moddiy-texnik bazani rivojlantirish shuningdek innovatsion o’quv jarayonlarini tashkil etish, universitetimiz tashabbuskor talabalarini ularning startaplarini va zamonaviy loyihalarini qo’llab-quvvatlash uchun zarur shart sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent Davlat transport universitetida yangi o’quv yilida COWORKING markazi tashkil etiladi.

Endi loyiha faoliyati yoki ilmiy ish bilan shug’ullanish istagida bo’lgan talabalar muqobil ofisga ega bo’lib , u yerda talabalar o’zlariga kerakli bo’lgan adabiyotlar va ilmiy maqolalarni olish imkoniyati mavjud. Markaz transfarmatorli mebellar, taqdimot uskunalari, doskalar va ish o’rinlari bilan jihozlangan bo’lib, bularning barchasi talaba yoshlarga qulaylik yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari markazga so’ngi rusumdagi kompyuterlar va internet tarmog’i o’rnatilgan.Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda talabalar xorijiy ilmiy maqolalar va o’z mutaxassisliklariga oid korxona tajribalarini o’rganishlari mumkin.

Izoh: Markaz universitetimiz talaba yoshlarining innovatsion go‘ya va loyihalarini rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Kelgusida markaz faoliyati orqali innovatsion va biznes loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha bir qator hamkorlik shartnomalarini imzolash rejalashtirilgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram