Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Davlat stipendiyasi g’oliblari va ularning ustozlari taqdirlandi.

Davlat stipendiyasi g’oliblari va ularning ustozlari taqdirlandi

Bugun Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov bakalavrlar uchun ta’sis etilgan davlat stipendiyasi 2020-2021 o’quv yilgi tanlov g’oliblari va ularning ustozlarini qabul qildi.

Toshkent davlat transport universitetida 15 mingga yaqin talaba-yoshlar tahsil oladi. 30 yoshga to’lmagan 150 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar, tayanch doktorant sifatida samarali faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Universitet talaba-yoshlari orasida davlat stipendiyalar sohiblari borligi universitet jamoasida ham cheksiz g’urur hissini uyg’otdi.

 

Yoshlarimizning yutuqlari ijobiy natijalarimizning eng muhimi, -dedi universitet rahbari Odil Abdurahmanov. – Universitetimiz 1 yoshi tantanalarini Siz iqtidorli yoshlarni taqdirlashdan boshlayotganligimiz ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Universitetning bir yili – katta yo’lning boshlanishi, xolos. Yuksak maqsadlarga erishishimizning eng muhim sharti – o’z mustaqil fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, universitet pozitsiyasini himoya qiladigan yoshlarga bog’liq ekanligini barchamiz anglab turibmiz.

Universitet kengashi a’zolarining onlayn ishtirokida o’tkazilgan tantanali marosimda davlat stipendiyasi sohiblari g’oliblik guvohnomasi va planshet bilan taqdirlandilar. Shuningdek, marosimda davlat stipendiyasi sohiblarining ustozlari ham e’tirof etildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram