Talabalarning bilim darajasini oshirish, temir yo‘l transportida yuk va tijorat ishlarini o’rganish, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ korxona va stansiyalarida amalga oshiriladigan poezdlar harakatini tashkil etish bo‘yicha qator vazifalarni hal etish maqsadida “Yuk transport tizimlari” kafedrasida “Yuk va tijorat ishlarini boshqarish” o‘quv laboratoriyasi tashkil etildi. Laboratoriya sanoat va ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta'minot bilan jihozlangan, jumladan, “Rail-Tarif” transport xarajatlarini hisoblash dasturi; “Rail-Atlas” marshrut masofasini aniqlash dasturi; “Rail-info” ixtisoslashtirilgan axborot-ma'lumot tizimi; Yuklarni vagonlarga joylashtirish va mahkamlash dasturi; Poyezdlarni qabul qiluvchi, yuk va bagajlarni qabul qiluvchi topshiruvchi hodimlarni ishini o’rgatuvchi 3D simulyatori.
O‘quv laboratoriyasi doirasida yuk va tijorat ishlarining yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan masalalarni yechish uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
O‘quv laboratoriyasining strategiyasi:
O‘quv laboratoriyasida belgilangan vazifalarni hal qilish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
O‘quv laboratoriyasining tavsifi:
O‘quv laboratoriyasining dolzarbligi:
Xizmatlar ko’rsatish sifatini oshirish, tashish jarayonini rivojlantirish, tashish jarayonida xarajatlar hisob-kitoblarini amalga oshirish, poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, poyezd va manevr ishlarini tashkil etish, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berishni optimal yechimlarni o‘rgatish.
O‘quv laboratoriyasida quyidagi vazifalar bajariladi:
O‘quv laboratoriyasi Toshkent davlat transport universitetining “Yuk transport tizimlari” kafedrasida tashkil etilgan bulib, uning faoliyati quyidagilarga bog’liq:
• “Yuk transport tizimlari” kafedrasida belgilangan vazifalarni hal etishga puxta tayyorlangan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibining mavjudligi;
• kafedralar mutaxassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun laboratoriya, bitiruv va malaka ishlarini tayyorlash va o‘tkazishning ilmiy-uslubiy asoslari mavjudligi;
• temir yo‘l transportida tashish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy natijalarning mavjudligi.
O‘quv laboratoriyasida quyidagi yo‘nalish talabalari o‘qitiladi:
• Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish;
• Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi.
magistratura mutaxassisligi bo’ yicha:
• Transport logistikasi.
Yangiliklar