Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

Diplom dublikatini olish tartibi soddalashtirildi

Hukumat qarori (21.07.2022-y.) bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga koʻra endilikda:

➖ fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi;

➖ fuqarodan boshqa hech qanday hujjat talab etilmaydi;

➖ fuqaro tahsil olgan taʼlim muassasasiga borib, ovora boʻlishiga hojat qolmaydi;

Diplom dublikati 15 ish kuni davomida soʻrovnomada koʻrsatilgan manzilga yetkaziladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!