Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Dissertatsiya mavzulari ishlab chiqarish muammolari va soha taraqqiyotini belgilovchi yoʻnalishlar boʻyicha shakllantirish va oʻz muddatida himoyasini taʼminlash maqsadida seminarlar tashkil etish reja-grafigi

Dissertatsiya mavzulari ishlab chiqarish muammolari va soha taraqqiyotini belgilovchi yoʻnalishlar boʻyicha shakllantirish va oʻz muddatida himoyasini taʼminlash maqsadida seminarlar tashkil etish reja-grafigi

Joriy yilning 8-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti tayanch doktorantlari ishtirokida “Dissertatsiya mavzulari ishlab chiqarish muammolari va soha taraqqiyotini belgilovchi yoʻnalishlar boʻyicha shakllantirish va oʻz muddatida himoyasini taʼminlash maqsadida seminarlar tashkil etish reja-grafigi”da belgilangan navbatdagi seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur seminarda “Yuqori tezlikdagi elektr harakat tarkibi” kafedrasi 2-kurs tayanch doktorantlari M.A. Maxamadaliyeva va N.B.Adilov, “Yuk transport tizimlari” kafedrasining 3-kurs tayanch doktoranti R.A.Egamberdiyev, “Elektr taʼminoti” kafedrasining 3-kurs tayanch doktorantlari T.N.Badretdinov va N.R.Yuldashev, “Lokomotivlar va lokomotiv xoʻjaligi” kafedrasining 1-kurs tayanch doktoranti A.M.Yusufovlar oʻzlarining dissertatsiya tadqiqotlari boʻyicha axborot berdilar.

Tashkillashtirilayotgan bu kabi seminarlar himoyalarning oʻz vaqtida boʻlishida poydevor boʻladi desak yanglishmaymiz.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!