Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida 100 tupdan ortiq ko’chat ekildi

“Dolzarb 40 kunlik” aksiyasida 100 tupdan ortiq ko’chat ekildi

Yurtimiz bo‘ylab ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhit muhofazasida muhim o‘rin tutadigan omillardan biri — daraxt ekish hamda parvarishlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, ya’ni Prezidentimiz raisligida joriy yilning 2-noyabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan edi.

Mazkur loyiha doirasida joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti jamoasi amaliy sa’y-harakatlarni jamoaviy birlikda, ko‘tarinki kayfiyatda boshladi.
Daraxt ko‘chatlarini ekish borasidagi o‘ziga xos aksiya doirasida Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi hududi bo‘ylab 100 tupdan ortiq mevali daraxt (olcha, olxo’ri, gilos va o’rik) ko‘chatlari ekildi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram