Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

DUNYODAGI ENG YIRIK SAMOLYOT ISHLAB CHIQARUVCHI “AIRBUS” KOMPANIYASI VITSE-PREZIDENTI TRANSPORT UNIVERSITETIDA MA’RUZA O’QIDI

DUNYODAGI ENG YIRIK SAMOLYOT ISHLAB CHIQARUVCHI “AIRBUS” KOMPANIYASI VITSE-PREZIDENTI TRANSPORT UNIVERSITETIDA MA’RUZA O’QIDI

Joriy yilning 14-aprel kuni “Airbus” kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti, Yevropa mintaqaviy savdo bo‘yicha prezidenti Vouter Van Versh va “Airbus”ning Sharqiy Yevropa bo‘yicha vitse-prezidenti Jak Garrik Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi va universitet rektori O.Q.Abduraxmanov bilan kompaniya va universitet o’rtasidagi istiqbolli rejalar va hamkorlik imkoniyatlari to’g’risida kelishib olindi.

Shuningdek, “Airbus” vakillari Aviatsiya transporti muhandisligi fakultetining talabalari bilan uchrashdi va O‘zbekiston – Airbusning 30 yillik hamkorligi, unda erishilgan yutuqlar, kompaniyaning kelgusidagi strategik va istiqbolli rejalari haqida ma’ruza o‘tkazdi. Ma’ruza davomida talabalar “Airbus” kompaniyasining uzoq yillik tajribasi, erishilgan yutuqlar va kompaniya qadriyatlari haqida ma’lumotlar olishdi. Ma’ruza so‘ngida Vouter Van Versh talabalarning savollariga javob berdi.

Ma’lumot uchun: Airbus – dunyodagi eng yirik samolyot ishlab chiqaruvchilardan biri bo’lib, 1960-yillarning oxirida Yevropaning bir qancha samolyot ishlab chiqaruvchilari birlashishi natijasida tashkil topgan. U Airbus brendi ostida yo’lovchi, yuk va harbiy transport samolyotlarini ishlab chiqaradi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!