Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ekomadaniyat – ta’lim tizimining ajralmas bo‘g‘ini

Ekomadaniyat – ta’lim tizimining ajralmas bo‘g‘ini

Joriy yilning 12-may kuni universitetimiz “Avtomobil transporti muhandisligi” fakultetida O‘zbekiston ekologik partiyasi, “Megawatt Motors” va O‘zbekiston ekologik harakati Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda “Ekomadaniyat ta’lim tizimining katta bo‘g‘ini” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda universitet prorektori S.S. Shaumarov so‘zga chiqib, butun dunyoda va respublikamizda ekologiyaga berilayotgan e’tibor haqida batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, respublikamizda 1-martdan boshlab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri olib borilayotganligi va ushbu loyiha doirasida 125 mln dona ko‘chat ekish amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tadbirda BMTning atrof-muhit muammolari muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiyada insoniyatning hayot tarzi va barqaror rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda ekologik ta’limning ulkan ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan bir qatorda, Times Higher Education agentligi tomonidan e’lon qilingan 2022-yil dunyo universitetlari reytingi – Impact Rankings da Toshkent davlat transport universiteti Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo`yicha 401-600 o`rinni egalladi. Ushbu tadbir Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo`yicha universitetda amalga oshirilayotgan katta ko`lamdagi tadbirlardan biri hisoblanadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!