Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti bitiruvchi talabalarining 193 nafari ishga yo’llanma oldi

Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti bitiruvchi talabalarining 193 nafari ishga yo’llanma oldi

Joriy yilning 19-may kuni Toshkent davlat transport universitetida Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakulteti talabalari va ish beruvchilar bilan ishga taqsimot bo‘yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda “Toshkent metropoliteni” DUK, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ma’sul xodimlari ishtirok etishdi. Asosiy ish beruvchilar joriy buyurtma va ehtiyojlari yuzasidan bitiruvchi talabalarga ma’lumotlar berdi. Talabalarni ishga joylashishiga har tomonlama ko’maklashish maqsadida bitiruvchilarning potensial imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Har bir talaba bilan ularning malakaviy sifatlari va kasbiy mahoratlariga oid savol-javoblar qilindi. Suhbat davomida bitiruvchilaridan jami 193 ta nafar talabaga korxona-tashkilotlarga yo’llanmalar berildi. Bitiruvchilaridan Elektr energetika ohasi bo’yicha 21 nafari “Toshkent metropoliteni” DUK, 80 nafar talaba “O’zbekiston temir yo’llari” AJ. Texnologik jarayonlarni ishlab chiqarish bo’yicha 18 nafar talaba “Toshkent metropoliteni” DUK, 35 nafari “O’zbekiston temir yo’llari” AJ. Elektrotexnika va elektronika bo’yicha 9 nafar talaba “Toshkent metropoliteni” DUK, 30 nafari “O’zbekiston temir yo’llari” AJ korxonalariga yo’llanma oldi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!