OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Endi talabalarimiz Turkiyada amaliyot o’tashi mumkin

Endi talabalarimiz Turkiyada amaliyot o’tashi mumkin

Joriy yilning 29-noyabr kuni Turkiyaning Atilim universiteti vakili professor dr.Burxan Shener va Toshkent davlat transport universiteti vakillari uchrashishdi. Doktor Burxan Shener ikki universitet faoliyatiga oid bir qancha takliflarini berdi.

Universitetimiz talabalari muhandislik, transport logistikasi, fuqaro muhofazasi bo’yicha 3 oydan 5 oygacha amaliyotni Turkiyaning yirik kompaniyalarida o’tashi yuzasidan muzokaralar bo’lib o’tdi. Agar kelishuvga erishilsa yangi yildan boshlab talabalarimiz o’z amaliyotlarini Turkiyada o’tashi va tajriba orttirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Atilim universiteti- ilm-fan, texnikaga oid sifatli ta’lim beruvchi universitet. U yerda texnologiya sohasiga oid tadqiqotlar olib boriladi va yetuk kadrlar yetishtirib chiqariladi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram