Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Eng yaxshi “Bilimdonlar bellashuvi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Eng yaxshi “Bilimdonlar bellashuvi” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shuningdek, faol, izlanuvchan talabalarni rag‘batlantirish hamda tengdoshlariga nisbatan o‘rnak ko‘rsatish maqsadida Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakultetining “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Zamin gruntlari” to‘garagi a’zolari o‘rtasida joriy yilning 27-aprel kuni “Bilimdonlar bellashuvi” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda universitet Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori D.X. Baratov, o’quv ishlari bo’limi boshlig’i o’rinbosari M.Turg’unov, fakultet dekani A.X. O’roqov, kafedra mudiri A.G.Yunusov hamda dekan o’ribosarlari, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tanlov davomida ishtirokchilar qiziqarli savollarga javoblar, topshiriqqa asosan laboratoriya ishini bajarish, jumboqli Krossvord yechish, tog’ jinslarini ajratish- jamoa tanlagan mavzusi buyicha taqdimoti, jamoalar o’rtasi galstuk boglash va taqish, erkin mavzu shartlari asosida o’zaro bellashdilar.
Hay’at a’zolari talabalar bildirgan ma’lumotlarini tinglab, shuningdek ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan taqdimotlarning ilmiy asoslarini o‘rganib, belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, holisona baholab borishdi.
Tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar universitetning I va II darajali diplomlari va Faxriy yorliqlar hamda belgilangan miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!