Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari o’rtasida o’quv geodezik-geologik amaliyot yakunlari bo’yicha talabalar o’rtasida an’anaviy “Geodeziya musobaqasi” o’tkazildi.
Qatnashchilar musobaqa orqali geodeziya fani bo’yicha bilimlarini yanada mustahkamlab, o’z imkoniyatlarini sinab va g’olib bo’lib mukofotlarni qo’lga kiritishdi. Jami 6 ta jamoa ikkita shart: Geometrik nivelirlash va Priyomlar usuli orqali gorizontal burchak o’lchash bo’yicha o’z bilimlanini namoyish etishdi.