Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Eng yuqori reytingli o‘qituvchilarga 20 millionlik sertifikatlar topshirildi

Eng yuqori reytingli o‘qituvchilarga 20 millionlik sertifikatlar topshirildi

Universitet faollar zalida tashkil etilgan tantanali yig‘ilish avvalida hisobot o‘quv yilida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan 10 nafar professor-o‘qituvchilarga 20 millionlik sertifatlar topshirildi.

O‘zbekiston transport ilm-fanining xalqaro reytingiga ta’sir ko‘rsatgan, xalqaro ilmiy va nufuzli jurnallarda maqolalar, zamonaviy transport ta’limini aks ettiruvchi darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etgan, intellektual mulk egalarining bu kabi taqdirlanishi universitetning ilmiy salohiyatini rivojlanishiga turtki sifatida qaraldi.

Sertifikatlarni topirish jarayonida ishtirok etgan Transport vaziri Ilxom Maxkamov transport sohasi hamda ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirishda o‘qituvchilarning bu kabi taqdirlanishi kattaahamiyatga ega ekanligini e’tirof etdi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram