Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Eron fan va texnologiya universiteti vakillari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Eron fan va texnologiya universiteti vakillari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 15-avgust kuni Eron fan va texnologiya universiteti vakili professor Morteza Bagiri hamda Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro hamkorlik boʼyicha prorektori B.X. Toʼraev va “Innovatsion transport” ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari oʻrtasida onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda kelgusida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha memorandum imzolash masalalari muhokama qilindi va uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad “Ipak yoʻli logistikasi” xalqaro ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etishdan iborat boʼldi. Ushrashuvda transport koridorlarini rivojlantirish, blok-poyezdlar texnologiyasidan foydalangan holda konteyner tashuvlarini tashkil etish hamda ikki tomonlama rivojlanishga oid bir qator boshqa masalalar koʻrib chiqildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!