Qurilish muhandisligi
Fakultet tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-maydagi “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4703-sonli Qaroriga asosan Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti, Toshkent temir yo‘l muhandislari hamda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutlarini negizida Toshkent davlat transport universiteti 2020-yildan o‘z faoliyatini boshladi.
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti tassarufidagi “Qurilish” fakulteti 1931-yildan faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1934-yil fakultetni ilk bora 75 nafar bitiruvchi tamomlagan.
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining Qurilish fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan shu kungacha 250 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar, 200 dan ortiq patent va mualliflik guvohnomalari va 200 ga yaqin monografiyalar chop ettirilgan.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar yozishda professorlar. A. I. Odilxo‘jaev, B.U.Uzakpaev, I.S.Sodiqov, A.A.Ishanxodjaev, Z.X.Saidov, A.Qodirova, A.F. Shoxidov va boshqalar o‘zlarining katta hissasini qo‘shishgan.