Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi

“Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi

 

“Flynas” (ilgari Nas Air) 2007-yilda tashkil topgan. Flynas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan.

Ushbu kompaniya eng yirik byudjet aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. 17ta mahalliy va 53ta xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda 27 ta samolyotlar parkiga ega.

Oʻzbekistonda transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki qatnovlarni kengaytirish hamda transport xizmatlari sifatini oshirish orqali mamlakatimizga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar sonini yana-da oshirish maqsadida joriy yil boshida Vazirlik tomonidan Saudiya Arabistoni Qirolligining “Flynas” aviakompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazilib, «Ar-Riyod—Toshkent—Ar-Riyod» aviareyslarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlar amalga oshirilgan.

Joriy yilning 5-avgust kuni (Toshkent vaqti bilan soat 12.30da, XY-359 reysi orqali) Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahridan “Flynas” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent shahriga birinchi aviaparvoz amalga oshirildi.

A320NEO samolyoti Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportga qoʻndi. Hammasi boʻlib, bortda 18 yoʻlovchi boʻlgan, ular orasida RUH va Flynas Management vakillari bor. Flynas kompaniyasining birinchi reysini Transport vazirligi xodimlari va OAV vakillari kutib olishdi.

Maʼlumot oʻrnida. “Flynas” (ilgari Nas Air) 2007-yilda tashkil topgan. Flynas World Travel Awards tomonidan ketma-ket besh yil va Skytrax tomonidan ketma-ket uch yil davomida Yaqin Sharqning arzon narxlardagi yetakchi aviakompaniyasi deb topilgan. Ushbu kompaniya eng yirik byudjet aviakompaniyalardan biri hisoblanadi. 17ta mahalliy va 53ta xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha muntazam reyslarni amalga oshiradi hamda 27 ta samolyotlar parkiga ega.