Bugun Toshkent davlat transport universitetiga Fransiya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi vakillari – Silven Fur, Jak Veyan va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining madaniyat va hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi – Loran Oriol tashrif buyurdi.
Yig‘ilishda fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari hamda ENAC bazasida bakalavriat va PhD kadrlarini dastlabki tayyorlash bo‘yicha shartnoma asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan savollar muhokama qilindi. Shuningdek,mamlakatlar o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikning ulkan salohiyati ta’kidlandi.
Shohsanam Maxamadjanova