Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Germaniyalik taniqli mutaxassislar Transport universitetida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi.

Germaniyalik taniqli mutaxassislar Transport universitetida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi

Germaniyaning Senior Expert Service (SES) tashkiloti “Yo‘l qurilishi” sohasi bo‘yicha ekspertlar guruhi bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.

Qator masalalar yechimi kutilgan muloqotda Germaniyalik ekspertlar Transport universitetiga taklif etildi.

SES ekspertlari Dr. Herr Ralf Urban, Dr. Herr Dieter Bergemann, Dr. Hans-Peter Zinke, Dr. Klaus Habermehl, Dr. Erwin Fleischer, Mrs. Cordula Shmygun oktabr – dekabr oylarida Toshkent davlat transport universiteti ta’lim jarayonlarida ishtirok etishi, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borishiga kelishib olindi.

P.S.: Xalqaro bo‘limning 2021 yil davomida olib borgan muloqotlari “Yo‘l qurilishi” sohasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruhini nazariy bilimlari va boy tajribalari bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini yaratdi.