Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Germaniyaning G‘arbiy Saksoniya Svikau shahridagi amaliy fanlar universiteti bilan “Germaniyaning transport sektorida digitalizatsiya dasturi: maqsadlar va iqtisodiy omillar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Germaniyaning G‘arbiy Saksoniya Svikau shahridagi amaliy fanlar universiteti bilan “Germaniyaning transport sektorida digitalizatsiya dasturi: maqsadlar va iqtisodiy omillar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi

Germaniya universitetining Iqtisodiyot fakulteti professori doktor Ye.Kuek onlayn ingliz-rus tilida maʼruza qildi. Professor Kuek seminar mavzusiga oid maʼlumot berdi, Germaniyaning avtomobil va temir yo’l (Deutsche Bahn) sektoridagi digitalizatsiya jarayonlar va ilg‘or tajribasi, metodologik yondashuvlari va amaliyoti bilan tanishtirdi. O‘zining o‘tkazgan amaliyoti va mavzuga oid tadqiqotlari bilan o‘rtoqlashdi.
U.S.Nadirxanov so‘zga chiqib, seminar rejasida ko‘riladigan masalalar bilan qatnashchilarni tanishtirdi. Professor Kuekni qutlab, seminar o‘tish jarayonini muhokama qildi va boshqarib bordi. Seminarda ko‘rilgan masalalar va quyidagi rejalar taqdim etildi: Raqamli texnologiyalar qo‘llaniladigan tarmoq va sohalar, Avtomobillar harakati, Temir yo‘lidagi xavfsizlik texnikalari, Intermodal transport nazorat tizimi, Axborot modellashtirish tizimini tuzish.
Kirish qismida raqamli texnologiyalarni kiritish motivatsiyasi omillari orasida maʼruzachi quyidagilarga eʼtiborni qaratdi:
– Yildan yilga transport harakati va transport xizmatlarining oshib borishi
– Atrof-muhitni saqlab borish muammolari
– Infratuzilma qurish va holatini saqlab borish
Digitalizatsiya atamasini atroflicha tushuntirildi,uning maqsadlariga oid axborot berildi:
– Joriy ishlab chiqarish potensialidan unumli va yaxshiroq foydalanish
– Resurslardan samarali foydalanish
– Mijozlar uchun xizmatlar sifatini oshirish
– Yo‘l infratuzilmani yaxshiroq rejalashtirish va boshqarish

Seminar so’nggida qaror qilindi:
1.Seminarda ko‘rilgan masalalar va keltirilgan maʼlumotlar maʼqullansin.
2. Seminar materiallari (prezentatsiya va video) va natijalari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan, boshqa kafedralarga o‘rganishga, o‘quv jarayonida qo‘llanishga tavsiya etilsin.
3.Materiallar seminarda qatnashgan Temir yo‘li muxandisligi fakulteti, Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti, Transport tizimlari boshqaruvi fakulteti professor-o‘qituvchilariga yetkazilsin.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!