TDTrUning texnika fanlari doktori, professor Bazarov Baxtiyor Imamovich mamlakatimizning yirik kompaniyalaridan boʼlgan, Markaziy Osiyoda yagona “GTL-Uzbekistan” sintetik yonilgʼilar ishlab chiqarish zavodining Prezidentimiz tomonidan ochilishi munosabati bilan zavod rahbariyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tranport energetik qurilmalari kafedrasi “GTL-Uzbekistan” MChJ zavodi bilan xoʼjalik shartnomasi tuzgan boʼlib, Bazarov Baxtiyor Imamovich rahbarligida ushbu zavod ishlab chiqarishi mumkin boʼlgan yonilgʼi mahsulotini energo-ekologik xususiyatlarini aniqlashda, ularni ishlab chiqarishdagi eʼtibor beriladigan jijatlariga, avtomobil transportida motor yonilgʼisi sifatida ishlatilishi mumkinligi haqidagi poligon sinovlari natijalari hamda xulosa va takliflari bilan zavodning ishga tushirilishida ekspert sifatida hissa qoʼshdi.