OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Xalqaro hamkorlik

         Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • Universitetning xalqaro aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash;
  • Xorijiy hamkor OTMlar bilan aloqa o‘rnatish;
  • Universitetda bajarilayotgan xalqaro loyihalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlash;
  • Soha bo‘yicha xorijiy hamkorlar va delegatsiyalarni universitetga taklif etish va kutib olishni tashkillashtirish;
  • Yetakchi xorijiy OTM professor-o‘qituvchilari bilan aloqa o‘rnatish va ularni universitetning o‘quv va ilmiy ishlariga keng jalb etish;
  • Universitetda ta’lim olayotgan xorijiy talabalar bilan ishlash, ularga doimiy tarzda konsultatsiya berish, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish;
  • Universitetga xorijiy fuqarolarni ishga va ta‘lim olish uchun kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va ular bilan doimiy aloqada bo‘lish;
  • Universitet xodimlarining xorijiy xizmat safarlariga yuborishda kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish va ular bilan safar davomida aloqada bo‘lish;
  • Universitet talabalarini xorijiy OTM larda akademik mobillik dasturlarida ishtirok etishini ta’minlash;
  • Universitet xalqaro aloqalari bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etish;
  • Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
  • Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;
  • O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv qurollari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;
  • Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish;
  • E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish;
  • Xalqaro miqiyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga yetkazish. Universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i: Hakimov Ma’sumxon Luqmonovich

Qabul kunlari: Dushanba – Juma soat 10:00 dan 13:00 gacha