OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Har bir talaba kelajagiga mas’ulmiz!

Har bir talaba kelajagiga mas’ulmiz!

Mehnat kodeksining77-moddasiga ko’ra, 16 yoshga to’lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega, shunday ekan universitetda kam ta’minlangan oiladan har bir talaba Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining 9-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim to’g’risidagi nizomning 50-bandiga muvofiq, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o’qishdan bo’sh vaqtlarida kunning ikkinchi yarmida oliy o’quv yurti va boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi tuzgan holda ishlashlari mumkin. Tahsil olayotgan talaba o’qishni bitirib olguniga qadar moddiy jihatdan qiynalmasligi uchun universitetda sohasi bo’yicha faoliyat yuritish uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o’tab Mudofaa vazirligining tavsiyasi bor talabalarga 35 % imtiyoz beriladi va to’lov-shartnomasi to’lab beriladi.
Bundan tashqari ta’lim olayotgan to’liq davlat ta’minotida bo’lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag’lari to’lanishi, talabalar turar joylashtirilishi yo’lga qo’yildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram