Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

HIT (Holon Texnologiya Instituti) PREZIDENTI BILAN ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

HIT (Holon Texnologiya Instituti) PREZIDENTI BILAN ONLAYN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 3-fevral kuni Toshkent davlat transport universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor B.To‘rayev va Isroilning Holon Texnologiylari instituti prezidenti Eduard Yakubovning ZOOM orqali onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ikki universitet vakillari oliy ta’lim muassasalarining tuzilishi, reytingi, o‘qitish tizimi, yutuqlari va xalqaro aloqalari haqida ma’lumotlar taqdim etishdi. Ikki mamalakatning yetakchi universitetlari kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, sohaga yetakchi mutaxassislarni yetkazib berishda yaqindan hamkorlik qilish taklifini ko‘rib chiqishdi. Kelgusida 2+1 qo‘shma ta’lim dasturini amalga oshirishga doir muhokamalar o‘tkazildi. Suhbatda Amaliy matematika va Infotmatsion texnologiyalar bo’yicha takliflar ko’rib chiqildi, har oyda ZOOM orqali ikki universitet professor-o’qituvchilari uchun turli mavzularda onlayn uchrashuvlar tashkil qilinishiga kelishib olindi.

Asli O‘zbekistonda tug’ilgan Eduard Xastovich O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan xursandligini va bu uchun har qanday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Eduard Xastovich butun Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona bo’ladigan O‘zbekistondagi universitet bilan ta’lim dasturi hamkorligi bo‘lishini ham aytib o‘tdi.

Shohsanam Maxamadjanova

Tashkil etilganidan beri 50 yildan ortiq vaqt mobaynida Holon Texnologiya Instituti (HIT) Isroil davlatini texnologik kuch va loyihalar va dizayn markaziga aylantirishda muhim rol o’ynadi. Bakalavr va magistr darajalarini taqdim etuvchi yetakchi davlat oliy taʼlim muassasasi sifatida HIT oʻzining dizayn, muhandislik, fan, texnologiyalarni boshqarish va taʼlim texnologiyasi boʻyicha akademik boʻlimlari, noyob multidisipliner tadqiqotlar boʻlimi va eng yangi qoʻshilgan “Raqamli salomatlik” orqali ajoyib oʻsishni ko‘rsatmoqda. HIT Isrolining yetakchi 10 ta OTMdan biri hisoblanadi, unda 8 ta fakultet mavjud va institut yiliga 1100 ta bitiruvchi chiqaradi. HIT shu kungacha 110 ga yaqin akademik loyihalar tufayli 38 ta davlat bilan Xalqaro hamkorlik olib boradi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!