Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Hurmatli hamkasblar ! Barchangizni kasb bayramingiz – O’zbekiston Respublikasi Havo floti kuni munosabati bilan chin…

Hurmatli hamkasblar !

Barchangizni kasb bayramingiz – O’zbekiston Respublikasi Havo floti kuni munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etaman.

Mamlakatimiz taraqqiyoti va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishida fuqaro aviatsiyasining ahamiyati nihoyatda beqiyosdir. Shu bois ham shaxsan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ushbu sohada keng ko’lamli istiqbolli rejalar ishlab chiqilib, hayotbaxsh islohotlar amalga oshirilmoqda.

Tizimni yangilash, modernizatsiya qilish doirasida faoliyati yo’lga qo’yilgan “Uzbekistan Airports” aktsionerlik jamiyati mana bugun o’zining ikki yoshini nishonlamoqda.

Jamiyat oldida bugun juda katta va mas’uliyatli vazifalar turibdi. Xususan, mintaqaviy aeroportlarimiz infratuzilmasini rivojlantirish, yo’lovchilarga qo’shimcha qulayliklar yaratish va zamon talablari darajasidagi servis xizmatlari ko’rsatishni tashkil etish orqali barcha aeroportlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash shular jumlasidandir.

Bu yo’lda barchangizga sihat-salomatlik, kuch-quvvat va oilaviy baxtiyorlik tilayman.

O’ylaymanki, mamlakatimiz fuqaro avitsiyasining barcha tizmlari hukumatimiz tomonidan qo’yilgan vazifalarni munosib tarzda ado etadi. O’z imkoniyatlarimiz va bizga yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanib, o’z oldimizga qo’ygan marralarni albatta zabt etamiz!

Yana bir karra kasb bayramingiz muborak bo’lsin, aziz hamkasblar!

Ilhom MAHKAMOV O’zbekiston Respublikasi Transport vaziri