Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Hurmatli professor-o’qituvchilar, ota-onalar va qadrli talaba-o’quvchilar diqqatiga!

Hurmatli professor-o’qituvchilar, ota-onalar va qadrli talaba-o’quvchilar diqqatiga!

Xabaringiz bor, 2021 – yil 24 – dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimini tub ijobiy o’zgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi. Bu bilan esa – O’zbekiston oliy ta’lim tizimida yangi davr boshlab berildi.

Qaror bilan 2022 – yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.

Bu o’z navbatida, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.

Shu maqsadda, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun o’z kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24 yanvarь kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modulь tizimiga to’liq o’tganligi sababli kafedra mudirlari va professor-o’qituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda o’quvlar barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalari huzuridagi barcha professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022 o’quv yilining ikkinchi yarmini to’liq va puxta tayyorgarlik ko’rgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-o’quvchilari uchun qishqi ta’til muddati 2022 – yil 24 – yanvarga qadar uzaytirildi.

O’z navbatida, qishki ta’til davrida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar talaba-o’quvchilarining vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinlar tashkil etiladi.

Barcha yoshlarimizni ushbu tadbirlarda ishtirok etib, o’z salohiyatlarini namoyon qilishga chorlab qolamiz!

Talaba-o’quvchilarga o’z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo’l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022 – yilning 11 – yanvarigacha bo’lgan muddatga xarid qilingan avia va temir yo’l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo’lib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!