TDTrU Iqtisodiyot fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi jamoasi 2022 – yil 13 – yanvar kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi 30-sonli bolalar uyiga tashrif buyurdi va turli ko’ngilochar tadbirlar tashkil etdi. Tadbirlar so’ngida bolajonlarga sovg’alar taqdim etildi. Bolajonlar tadbir tashkilotchilariga tashakkur izhor etishdi. Zero, “Kimki bir ko’ngli buzug’ning xotirin shod aylagay, Oncho borkim, Ka’ba vayron bo’lsa obod aylagay” – degan edi Alisher Navoiy.