OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamisha e’tibor markazida.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamisha e’tibor markazida.

Toshkent davlat transport universiteti bakalavriat talabalari safiga 2020-2021 o’quv yilida nogironligi bo’lgan, to’liq davlat ta’minotida bo’lgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlar imtiyozli ravishda grant asosida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 417-sonli qarori asosida nogironligi bo’lgan quyidagi 24 nafar talabalar grant asosida o’qishga qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 apreldagi PQ-4296-sonli qarori asosida mehribonlik uyi bitiruvchisi bo‘lgan chin yetim sifatida Barnoqulov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li grant asosida o’qishga qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi 402-sonli qarori asosida 2nafar ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar grant asosida o’qishga qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 11-noyabrdagi 7-sonli bayoni (6-ilova) asosida 4 nafar to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar grant asosida talabalar safiga qabul qilingan.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram