Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish maqsadida Toshkent davlat transport universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish maqsadida Toshkent davlat transport universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

✅Toshkent davlat transport universitetida ikkinchi va undan keying oliy ta`limga qabul qilish test sinovlari tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi.

‼️Abituriyentlarni test sinovlariga o‘z vaqtida kech qolmasdan, belgilangan hujjatlar bilan kelishlari shart.

❌Test sinovlariga kelmagan yoki kech qolgan abituriyentlarga qayta test sinovlari tashkil etilmaydi.

Ikkinchi va undan keying oliy ta`lim sinov bosqichidan o`tgan abituriyentlar taqdim etishlari lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati

 

1️⃣. Toshkent davlat transport universiteti rektori nomiga ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va ta’lim tili ko‘rsatilgan belgilangan shakldagi ariza (ariza namunasi hujat topshirishda beriladi);
2️⃣. Birinchi oliy ta’limi tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan) asl nusxasi va 1 dona nusxasi;
3️⃣. Shaxsni tasdiqlovchi fuqarolik pasporti yoki ID karta asl nusxasi ko‘rsatiladi va 2 dona nusxasi topshiriladi;
4️⃣. 3,5×4,5 o‘lchamdagi rangli fotosurat 8 dona;
5️⃣. Barcha hujjatlarni qog‘oz papkaga 2 dona konvert va 1 fayl list (multifora) joylashtirib topshiriladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim test sinovlari bo’yicha savollaringizni ish vaqtida qabul komissiyasi call markaziga hamda mas’ul kotib o’rinbosari Orifjon Olimjonovich MIRSAGDIYEVga ( @orifjon_086 ) berishingiz mumkun.

——————————————————-
Toshkent davlat transport universiteti
Qabul Komissiyasi

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram