Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza

Ikkita oltin, ikkita kumush va ikkita bronza

Bugun, 7-oktabr kuni O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining “Salomatlik-2021” spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport musobaqasida kasaba uyushmaning Toshkent shahrida joylashgan 14 ta tashkilot va muassasalarining 130 dan ko‘proq ishchi-xizmatchilari qatorida Transport universitet jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra universitet Texnologik mashinalar muhandisligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Kamollidin Rustamov erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida III-o‘rin, Tabiiy fanlar kafedrasi assistenti Dilafruz Mahmudova xotin-qizlar orasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida II-o‘rin, Korporativ boshqaruv kafedrasi assistenti Gulnoza Rasulova xotin-qizlar orasida o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida I-o‘rin, Buxgalteriya hisobi kafedrasi laboranti Zaynap Sabirova “Barchinoy” sport musobaqasida I-o‘rin, Transport iqtisodiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Shahnoza Xolbutaeva “Barchinoy” sport musobaqasida III-o‘rin, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Rashid Baratov erkaklar orasida o‘tkazilgan “Alpomish” sport musobaqasida II-o‘rinni egalladilar.
Quvonarlisi, mazkur musobaqada umumjamoa bo‘yicha eng ko‘p sovrinli o‘rinlarni egallagan Toshkent davlat transport universiteti jamoasi spartakiadaning ko‘chma kubogini qo‘lga kiritdi.
Fursatdan foydalanib, Transport universitetining ko‘p sonli jamoasi nomidan g‘oliblarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi sport musobaqalarida yangi zafarlar tilab qolamiz.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram