Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Ilm-fan, texnologiyalar va innovasiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030 yy.)” loyihasining taqdimotida universitet delegatsiyasi qatnashdi.

“Ilm-fan, texnologiyalar va innovasiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030 yy.)” loyihasining taqdimotida universitet delegatsiyasi qatnashdi.

Taqdimot YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Mazkur hujjat 2030 yilgacha fan, texnologiya va innovasiya sohasidagi maqsadlarga erishish, shu jumladan COVID-19 pandemiyasi inqirozidan so‘ng mamlakatni muvaffaqiyatli tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning inklyuziv, adolatli va barqaror shart-sharoitlarini yaxshilash uchun fan, texnologiya va innovasiyadan foydalanish bo‘yicha yo‘nalishlar va ustuvor vazifalarni belgilab beradi. Poytaxtimizning Xilton mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston Respublikasining Ilm-fan, texnologiyalar va innovasiyalar sohasidagi Milliy siyosati (2022-2030 yy.)” loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astana, Islom Taraqqiyot banki bosh direktori Amer Bukvic va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Alexandros Makarigakis tabrik so‘zlari bilan chiqdilar.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!