OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ilmiy – innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi

Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3698-sonli   qarori,   O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar  mahkamasining    2018-yil   12-yanvardagi   24-sonli   qarorlari asosida tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi mamalakat fan texnika taraqqiyotining  strategik     dasturlariga     muvofiq     fan,     ta’lim     ishlab     chiqarish  integrasiyasini va innovasion rivojlantirish sohasida davlat siyosatini  amalga oshirish, moliya va real sektorlar tarmog‘iga universitetda yaratilgan  biznes strategiyalar, texnologiyalar va istiqbolli, innovasion yutuqlarni,  tijoratlashtirish,   samarali   transfer   qilish yoki   tadbiq   etilishini  ta’minlashdan iborat.

Bo‘lim o‘z navbatida “Toshkent davlat transport universiteti Innovasion   jamg‘arma”ni yuritadi.

Bo‘limining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar  hisoblanadi:

  • innovasion mahsulotga (ish xizmatlarga) talabni o‘rganish va bozorni  muntazam  tahlil  qilish,  innovasion  mahsulotlarni  tijoratlashtirish  bilan  bog‘liq  harajatlarni  qoplash  muddati,  rentabellik  va  hatarlarni  baholash;   
  • yuqori tijorat imkoniyatiga ega va amalga oshirishga tayyor istiqbolli  loyihalarni o‘zlashtirish uchun tanlash;   
  • innovasion  loyihalarni  amalga  oshirishdan  manfaatdor  investorlar  hamkorlar va boshqa shaxslarni jalb etish;   
  • yangi texnologiyalarni joriy etish va innovasion mahsulotlarni ishlab  chiqarish   maqsadida   sanoat   korxonalari   bilan   o‘zaro   munosabatlarni  o‘rnatish;   
  • universitet professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan chop  etilayotgan  ilmiy  maqolalar,  yaratilgan  intelektual    mulk  ob’ektlarini  rag‘batlantirish;   
  • ilmiy tadqiqotlarning moliyalashtirishning, shu jumladan ilmiy-amaliy  va   innovasion   loyihalar   hamda   ishlanmalarni   ruyobga   chiqarilishida  iqtisodiyotning real sektor korxonalari bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish;   

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat

  • universitetning intellektual mulk ini huquqiy muhofaza qilish bo‘yichaishlarni   amalga   oshirish,   jumladaan,   O‘zbekiston   Respublikasida   va  xorijda intelletual ob’ektlarini patenlash va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun  talabnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirish;   
  • belgilangan tartibda universitet professor-o‘qituvchilari, o‘quv yordamchi  va  ishlab  chiqarish  xodimlari,  doktarantlar  va  talabalar,  shuningdek  universitet   tomonidan   buyurtmachilarga   taqdim   etiluvchi,   byudjet   va  byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiruvchi ilmiy tadqiqot  ishlarining bajarilishini muvofiqlashtirish; 
  • amaldagi  qonunchilikda  ko‘zda  tutilgan  intellektual  mulk  ob’ektlari  mualliflari  bilan  shartnomalarni  tayyorlash,  tuzish  va  ularni  amalga  oshirishni nazorat qilish;   
  • boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda universitetning intellektual mulk  ob’ektlariga huquqlarni o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish  universitetning  intellektual  mulk   ob’ektlariga   huquqlarni   o‘tkazish  to‘g‘risidagi ishlarni bajarish;   
  • axborotni  to‘plash,  saqlash  va  universitet  ma’lumotlar  bazasiga  oliy  ta’lim muassasalari ishlanmalari va ilmiy tadqiqot faoliyati natijalari  haqidagi  ma’lumotlarni  kiritish,  intellektual  faoliyat  natijalaridan  foydalanish   samaradorligi   oshirish   buyicha   chora-tadbirlarni   amalga  oshirish;   
  • ITF  va  innovasion  loyihalar  natijalarining  ilmiy,  texnik,  ilmiy  uslubiy    va    innovasion    imkoniyatini    baholash    taxlil    qilish    va  ekspertizadan o‘tkazishni tahlil etish;
  • intellektual  mulkni  boshqarish  bo‘yicha  tavsiyalar  ishlab  chiqish,  shu  jumlaadan  innovasion  davrning  barcha  bosqichlarida  ITF  natijalari  bo‘yicha huquqlarni hisobga olish, taqsimlash va o‘tkazish.   
  • raqobatbardosh  fan  texnika  mahsulotlarini  yaratish  va  ilgari  surish,  xususan   intellektual   faoliyat   natijalarini   amaliy   qo‘llash   uchun  Innovasion  jamg‘arma  mablag‘larini  maqsadli  sarflanishini  ta’minlash  universitetning ilmiy jamoalarini qo‘llab-quvvatlash;   
  • texnologiyalarni  o‘zatish,  innovasion  loyihalar  uchun  biznes  rejalar  tayyorlash,    raqobatbardosh    ustunlik    va    hatarlarni    baholash,    ITF  natijalarining  huquqiy  muhofazasi,  saloxiyatli  investorlarni  izlash  bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;   
  • ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik, pudrat ishlarini bajarish,  xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik va intellektual mulk masalalari bo‘yicha  universitet  tomonidan  tuzilgan  boshqa  bitimlar bo‘yicha  shartnomalarni  tayyorlash, ularni nazorat qilish.   
  • universitetning intellektual mulkidan noto‘g‘ri foydalanish faktlarini  aniqlash  va  ko‘rsatib  o‘tilgan  qoidabuzarliklarning  oldini  olish  hamda  zararni    qoplash    bo‘yicha rahbariyatga    takliflar    kiritish,    ushbu  qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur choralarni amalga oshirish;   
  • universitetning  intellektual  mulk  ob’ektlari,  mulkiy  huquqlarini,  shuningdek,  mualliflarning  mulkiy  va  shaxsiy  nomulkiy  huquqlarini  himoya qilish;   
  • universitet    xodimlari    –    intellektual    mulk    ob’ektlarining  mualliflariga   ularning   mulkiy   va   nomulkiy   huquqlari,   jumladan  amaldagi   qonunchilikda   ko‘zda   tutlgan   huquq   va   imtiyozlarni   amalga  oshirishda huquqiy maslaxatlar berish;   
  • universitet xodimlari o‘rtasida intellektual mulk sohasida ta’limni  tashkil etish;  
  • universitet axborot-resurs markazining o‘z faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha  normativ,  metodologik  va  patent    axborotlari  borasidagi  faoliyatini  muvofiqlashtirish;  
  • ixtirochilik va patentni lisenziyalash faoliyati bo‘limlari bo‘yicha  universitet byudjeti loyihasi, innovasion tadbirkorlik va texnologiyalar  transferini qo‘llab-quvvatlash uchun takliflar tayyorlash;  
  • universitetning intellektual mulk ob’ektlarini yaratish,  muhofaza  qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘lik masalalarni tartibga soluvchi  hujjatlarni ishlab chiqish.

Bo‘lim boshlig‘i:   Kandaxarov Sanjar Ishratovich

Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.

Bo’lim haqida