Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Ilmiy-tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning tutgan o’rni. Loyihaga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari tahlili” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

“Ilmiy-tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning tutgan o’rni. Loyihaga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari tahlili” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.

25.02.2022 kuni soat 13-30 da Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi xodimi Yaxshiyev Sh va Transport logistikasi kafedrasi professori Irisbekova M hamkorligida “Ilmiy-tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning tutgan o’rni. Innovatsion loyihalarni boshqarish. Innovatsion ishlanmalarni startap loyihalarga aylantirish va uni akseleratsiya qilish. Loyihaga investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari tahlili” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Unda professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Ochiq darsni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi xodimi Yaxshiyev Sh olib bordi hamda mavzu bo’yicha batafsil ma’lumot berib o’tdi. Darsni yaqqol misollar bilan boyitgan holda olib bordi: Ijtimoiy tarmoq dasturlari, ularning muvaffaqiyat sirlari, zamonaviy yuk va yo’lovchi tashish xizmatlari, ularning bir-biridan farqlari.

Dars oxirida professor-o’qituvchilar va talabalarning savollariga javob berib o’tdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!