OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ilmli ayol-ma’naviyat ko’zgusi!

Ilmli ayol-ma’naviyat ko’zgusi!

Keyingi yillarda oliy ta’limni yangi bosqichga ko’tarishga qaratilgan qator muhim xujjatlar qabul qilindi. Zamonaviy ta’lim standartlari, talabalikka qabul qilishning shaffof tizimi joriy etildi, qabul kvotalari oldingi yillarga nisbatan 30%ga oshdi. Xotin-qizlarning oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha davlat granti asosidagi qabul ko’rsatkichlari doirasida o’qishga qabul qilish xukumatimizning bir qator qarorlari qabul qilingan.
Jamiyatimizda ta’lim olishda, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishda yigit va qizlarimizga bir xil shart sharoitlar yaratilgandir. “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi 2021 yil 9 iyunda qabul qilingan PF-5812-son farmonida ta’kidlanganidek, Oliy ta’lim muassasalari quvvatini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalarida taxsil olish istagida yurgan qizlarimizga bundanda keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Joriy yilning 24 iyunda “2021-2022 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’til muassasalariga o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida”gi prezident qarorida imzolandi. Bu qarorga asosan, 2021/22 o’quv yilida Toshkent davlat transport universitetiga 2250 nafar talaba qabul qilindi va ulardan 201nafari (8.9%)ni qizlar tashkil etdi. Bu ko’rsatgich 2020/2021 yilga nisbatan (3190 talabadan 267 nafari (8.6%) qizlar) 0.3% ga oshganini ko’rishimiz mumkin.
Ayol, uning oilada, jamiyat hamda ilmiy faoliyatdagi o’rnini ibrat sifatida ko’rsatish orqali, xotin-qizlarni ilmli bo’lishga undash, qonuniy manfaatlarini himoyalash bo’yicha qabul qilinayotgan qonunchilik bilan yaqindan tanishtirishdan iboratdir.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram