Joriy yilning 4-5 dekabr kunlari Betankur xalqaro injenerlar forumi bo’lib o’tdi. Universitetimiz delegatsiyasi forumdan so’ng Piterda taxsil olayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi.
Hozirgi kunda Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat temir yo’llari universitetida 19 ta aspirant va doktorantlarimiz turli ixtisosliklar bo’yicha o’qib kelmoqda.
Uchrashuv doirasida ularning muammolari o’rganildi, takliflari ko’rib chiqildi. Ularning ta’lim olish jarayonlari, yashash sharoitlari ko’zdan kechirildi.