Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Imperator Aleksandr I Peterburg davlat temir yo’l universiteti

2021yil 3 iyul kuni TDTrU rektori Odil Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyasi tomonidan Aleksandr I Peterburg davlat temir yo’l univarsitetining birinchi prorektori Tamila Titova va Halqaro bo’lim boshlig’i YUliya Strelchnya bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuv davomida temir yo’lda innovatsion texnologiyalar sohasida ikki tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Shu bilan birga O’zbekiston va Rossiya davlatlarining ilmiy, ta’limiy va innovatsion salohiyatini integratsiya qilish asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari ko’rib chiqildi. Ozbekiston va Rossiya uchun muhim, samarali iqtisodiy yo’nalish bo’lgan temir yo’l transportini rivojlantirishning innovatsion tizimini shakillantirish kabi o’zaro manfaatli masalalar muhokama etildi.

Tomonlar hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqod loyihalarni yaqinda TDTU va PGUPS qoshida yaratilgan “ Temir yo’l transportining ilmiy – amaliy ekspertiza markazi “ bazasida olib borish kerakligini e’tirof etdilar.