Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Infina korporatsiyasida stajirovka

Jahon banki tomonidan moliyalashtiralayotgan loyiha asosida Turkiyada tashkil etilgan stajirovkaning 2-qismi dasturiy taʼminotlar ishlab chiqish, elektron hujjat aylanishini boshqarishga ixtisoslashtirilgan Infina Sofware Inc. korporatsiyasi bosh binosida tashkil etildi.

Stajirovka kurslari Infina Software Inc. korporatsiyasi boshqaruvi o‘rinbosarlari Burak Arslanpay, Mert Ülkgün,shuningdek, kompaniyasi rahbari Oneriver Haluk Özek tomonidan o‘tkazildi.

Stajirovka davomida Toshkent davlat transport universiteti Axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalarining diplom oldi amaliyotini Infina Software Inc. korporatsiyasida o‘tashi kelishib olindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!