OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o’tkazilgan ilmiy loyiha g’oliblari taqdirlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o’tkazilgan ilmiy loyiha g’oliblari taqdirlandi

Toshkent davlat transport universiteti ”Elektrotexnika” kafedrasi mudiri, professor Berdiyev Usan Turdiyevich hamda kafedra professor-o’qituvchilari, O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o’tkazilgan: Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ”O’zbekiston-Belarus” xalqaro ilmiy loyihalar tanlovida ”Kukunli kompozitsion material asosidagi kuchaytirilgan quvvatli ikki statorli kombinatsiyalangan elektr motori uchun magnit komponentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish” nomli ilmiy loyiha bilan qatnashib, g’olib bo’ldilar va 750 000 000 so’mlik sertifikatni qo’lga kiritdilar.
Mazkur loyiha asosida energiya tejamkor elektrotexnik kompozitsion materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi yaritiladi. Ushbu texnologiya yordamida elektr motorlarining elementlarini ishlab chiqish yo’lga qo’yiladi. Loyiha kafedraning moddiy-texnik bazasi hamda ilmiy salohiyatini oshirish uchun xizmat qiladi.
Kukunli kompozitsion material asosidagi kuchaytirilgan quvvatli ikki statorli kombinatsiyalangan elektr motori uchun magnit komponentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish asosida yaratilgan elektrotexnik jixozlarni ishlab chiqish natijasida energiya samaradorligiga va materiallar sarfining kamayishiga erishiladi.
Hamkorlikda olib boriladigan ishlar natijasida ikkala hamkor davlatlar uchun samara beradigan kukunli kompozitsion material asosidagi magnit komponentlarni olish texnologiyasi ishlab chiqiladi va shu asosida kuchaytirilgan quvvatli ikki statorli kombinatsiyalangan elektr motorining tajriba nusxasi yaratiladi va ishlab chiqarishga tavsiya etiladi

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!